Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan uchrashuv Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud vositachiligida o‘tkazildi. Shuningdek, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an telefon orqali muhokamada qatnashdi.
Donald Tramp Ahmad ash-Sharaaga Suriya uchun tarixiy imkoniyat yaratilganini bildirdi. Qo‘shma Shtatlar prezidenti Suriya rahbarini Isroil bilan munosabatlarni yaxshilash, xorijiy terrorchilarni mamlakatdan chiqarib yuborish, AQSh bilan birgalikda ISHIDning qayta tiklanishiga yo‘l qo‘ymaslik va boshqa vazifalarni o‘z zimmasiga olishga chaqirdi.
Ahmad ash-Sharaa Qo‘shma Shtatlar, Saudiya Arabistoni va Turkiya yetakchilariga minnatdorlik bildirib, Suriya dunyo uchun ochilishini, Eron ta’sirini kamaytirishini aytdi hamda ularni mamlakat neft va gaz sohasiga investisiya kiritishga chaqirdi.