AQSh Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi prezident Donald Tramp va respublikachilarning kongressdagi vakillarini AQShning ichki dushmanlari deb atadi.
Bu haqda “The New York Post” nashrida ma’lum qilindi.
“Biz Konstitusiyani tashqi va ichki - barcha dushmanlardan himoya qilish uchun qasam ichamiz. Ammo, afsuski, tizimimizdagi ichki dushmanlar (...) shundoqqina Oq uyda faoliyat yuritishmoqda”, deydi Pelosi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu bayonotga respublikachilarning prezidentlik saylovlarida pochta orqali ovoz berishga qarshi noroziliklari sabab bo‘lgan.
Spikerning so‘zlariga ko‘ra, ular hokimiyatga kelish uchun shunchaki "istagan narsasini qilishni" xohlashmoqda.
Pochta orqali ovoz berishga qarshi chiqayotgan Trampning fikricha, noyabrda bo‘ladigan prezident saylovlariga xorijiy davlatlar aralashuvi yaqqol sezilib turibdi. Shu bois Amerika rahbari boshqa davlatlarning saylov byulletenlarini soxtalashtirishlari mumkinligini aytmoqda.
Biroq, AQSh Kongressining Vakillar palatasi mamlakatning pochta xizmatiga 25 milliard dollar miqdorida qo‘shimcha mablag‘ ajratishni ma’qullagan - bu pul ham ovozlarni sanashga sarflanadi.