Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tramp AQSh yadro energetikasini qayta jonlantirmoqchi, 2050 yilga kelib uning quvvatini 400 GVtga yetkazishni rejalashtirmoqda — NYT

Tramp AQSh yadro energetikasini qayta jonlantirmoqchi, 2050 yilga kelib uning quvvatini 400 GVtga yetkazishni rejalashtirmoqda — NYT

Donald Tramp ma’muriyati atom elektr stansiyalari qurilishini jadallashtirish va 2050 yilga borib ularning umumiy quvvatini hozirgi ko‘rsatkichdan to‘rt barobar oshirib, 400 GVtga yetkazish bo‘yicha bir qator farmonlar loyihasini tayyorlamoqda. Bu haqda The New York Times gazetasi hujjat loyihalariga asoslanib xabar bermoqda.

"Yadroviy uyg‘onishni qayta tiklash" deb nomlangan farmonlardan biri xavfsizlik qoidalarini qayta ko‘rib chiqish, NRC (Yadro tartibga solish komissiyasi) orqali tezlashtirilgan lisenziyalash va AQSh Mudofaa vazirligining ishtirokini o‘z ichiga olgan "qat’iy choralar" ko‘rishni talab qiladi. Asosiy maqsad — energiyaga, jumladan sun’iy intellekt markazlari tomonidan ortib borayotgan talabni qondirish hamda 2017 yildan buyon yangi reaktorlarning 87 foizini o‘z ichiga olgan Xitoy va Rossiyaga yetib olishdan iborat.

Kiritildi: 09:47 10.05.2025. O'qildi: 473 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!