Bugun 27 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tramp AQSh tarixida ilk bor mudofaa byudjeti qariyb bir trillion dollarni tashkil etishini ma’lum qildi — Politico

Tramp AQSh tarixida ilk bor mudofaa byudjeti qariyb bir trillion dollarni tashkil etishini ma’lum qildi — Politico

"Hali hech kim bunday ulkan mudofaa byudjetini ko‘rmagan. Biz qudratli bo‘lishimiz kerak, hozir atrofimizda juda ko‘p yovuz kuchlar bor", — dedi Tramp.

Prezident mazkur summaga faqat Pentagonga ajratilgan mablag‘ kiritilishi yoki bu boshqa idoralarni ham qamrab oluvchi milliy mudofaa uchun ajratilgan umumiy byudjet bo‘lishi mumkinligiga aniqlik kiritmadi.

Pentagon rahbari Pit Hegset esa Tramp AQSh qurolli kuchlarining qudratini tez tiklayontganini aytdi.

E’lon qilingan mudofaa byudjeti 2025 yilgi barcha milliy xavfsizlik dasturlaridan sezilarli darajada katta. AQSh Kongressi 2025 yil uchun Pentagon xarajatlari, yadro qurollarini ishlab chiqish va boshqa idoralar xavfsizlik dasturlari uchun 892 milliard dollar ajratgan edi.

"Tramp va Hegsetning bayonotlar kutilmagan bo‘ldi, chunki federal byudjet may oyining oxirida e’lon qilinishi kutilmoqda", deb yozadi Politico.

Kiritildi: 15:27 08.04.2025. O'qildi: 1204 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!