AQSh prezidenti Donald Tramp yangi muddatga qayta saylanish yo‘lini topdi. Bu haqda u o‘zining tvitterida ma’lum qildi.
3 noyabr kuni AQShda prezident saylovlari bo‘lib o‘tgandi. G‘olib hali aniqlanmagan, ammo OAV Jo Baydenni g‘olib deb e’lon qilmoqda. U allaqachon zafar quchganini ma’lum qildi va Tramp bir qator shtatlarda ovoz berish natijalariga qarshi chiqishga harakat qilmoqda.
"Tergovchilarim kamida to‘rtta shtatni "ag‘darish" uchun yetarli bo‘lgan yuz minglab soxta ovozlarni fosh qilishdi. Bu o‘z navbatida saylovda g‘alaba qozonish uchun yetarli bo‘ladi", – deb yozdi Tramp o‘z tvitterida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi bir shtatlarda saylovchilarga qaraganda ko‘proq ovoz berilgan. Tramp sudlar yoki shtat qonun chiqaruvchilari saylovlarning yaxlitligini va Amerika Qo‘shma Shtatlarini saqlab qolish zarur ishlarni qilishga jur’at topadilar, deb umid bildirdi.
"Butun dunyo tomosha qilmoqda", – deb ta’kidladi u.