AQSh ittifoqchilari va hozirda Eronda bo‘lgan fuqarolar mamlakatni darhol tark etishlari kerak.
AQSh prezidenti Donald Tramp bu haqda Detroytdagi Ford avtomobil zavodiga tashrifi chog‘ida aytgan.
"Men Eronni tark etish yomon fikr emas, deb aytardim", dedi u AQSh fuqarolarining Eronni tark etish zarurati haqidagi savolga javoban.
Jurnalistlar "Truth Social "dagi "yordam yo‘lda" degan bayonoti bilan nimani nazarda tutganini so‘rashganda, Amerika rahbari: "Kechirasiz, buni o‘zingiz bilib olishingiz kerak bo‘ladi", deb javob berdi.
Dekabr oyi oxirida chuqur iqtisodiy inqiroz sharoitida Islom Respublikasida ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi va ular bugungi kungacha davom etmoqda. Tramp ilgari AQShning namoyishlarga javoban Eronga qarshi zarbalar berish ehtimolini istisno qilmagan edi.