Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Tramp Alibaba'ni AQShda taqiqlashi mumkin

A A A
Tramp Alibaba'ni AQShda taqiqlashi mumkin

Dunyodagi eng yirik elektron tijorat kompaniyasi, xitoylik tadbirkor Jek Ma asos solgan Alibaba Amerika bozorida taqiqlanishi mumkin. Oq uydagi matbuot anjumanida AQSh prezidenti Donald Tramp buni istisno qilmadi.

"Ha, biz bu haqda o‘ylayapmiz", — dedi Tramp jurnalistlardan birining savoliga javob berarkan. Biroq u tafsilotlarga to‘xtalmadi. Ushbu reja qanchalik aniqligi ham ma’lum emas.

Avvalroq AQSh prezidenti sentyabr oyi o‘rtalariga qadar egalari (ByteDance xitoy xususiy xoldingi) uni Amerikaga sotmasa, xuddi Microsoft'ga o‘xshab, mamlakatda ommabop bo‘lgan "TikTok" tarmog‘i faoliyatini to‘xtatib qo‘yishi bilan tahdid qilgan edi.

Kiritildi: 13:09 16.08.2020. O'qildi: 2383 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik