Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

“Tramp ahmoq!”

“Tramp ahmoq!”

Trampning bo‘lajak saylovlardagi asosiy raqibi Jo Bayden prezident Donald Trampni ommaviy tadbirlarda niqob taqishni istamaganligi uchun keskin tanqid qildi.

Bu haqda CNN xabar bermoqda.

"U nodon, mutlaqo ahmoq ... Dunyodagi har bir shifokor olomon ichida bo‘lganda niqob taqish kerakligini aytmoqda. Prezidentlar ahmoq emas, rahbar bo‘lishi kerak", dedi Bayden o‘z intervyusida.

Ilgariroq Tramp Baydenni ommaviy tadbirda niqob taqqani uchun ustidan kulib yozilgan kichik tvitini e’lon qilgan, keyinchalik ushbu mavzu bo‘yicha savol bergan jurnalistdan savol berishdan oldin niqobini yechishni talab qilib, uni tahqirlashga uringan edi. Ammo jurnalist buni rad etgan.

Ta’kidlanishicha, prezident niqob taqishdan bosh tortibgina qolmay, balki uni taqqanlarni ham mazax qilgan.

"Bu harakat inson hayoti bilan o‘lchanadi", dedi Bayden niqobni yetakchilik ramzi deb atagan holda prezident boshqalarga o‘rnak ko‘rsatishi kerakligini ta’kidlar ekan.

Kiritildi: 20:48 27.05.2020. O'qildi: 4815 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!