Bugun 22 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tramp Afg‘onistonga keladimi?

A A A
Tramp Afg‘onistonga keladimi?

AQSh prezidenti Donald Tramp amerikalik harbiy xizmatchilarini Shukrona kuni bilan tabriklar ekan, Afg‘onistonga shaxsan borishi mumkinligiga ishora qildi. Bu haqda Islam-today xabar berdi.

«Balki men sizlar bilan u yerda (Afg‘onistonda – tahr.) ko‘rishishim mumkin. Nima bo‘lishini hech qachon bila olmaysan», - dedi u harbiylarga murojaat qilarkan.

Eslatish o‘rinli, ushbu hafta boshida Tramp “harbiy harakatlar olib borilayotgan hududlar”ga tashrif buyurishi mumkinligini aytgandi. Biroq u aynan qayerga borishiga aniqlik kiritmadi.

Afg‘onistondagi urush AQSh tarixidagi eng uzoq davom etayotgani bo‘lib, Amerika harbiylari 2001 yildan beri ushbu mamlakatda bo‘lib turibdi.

Kiritildi: 21:04 24.11.2018. O'qildi: 1451 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik