AQSh prezidenti bu haqda NBC News'ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Odamlar “Tramp 2028” yozuvi tushirilgan kepkalarni sotishmoqda. Ammo men bunday niyatda emasman", — dedi Tramp.
U, shuningdek, 2028 yilgi prezidentlik saylovida Respublikachilar partiyasi nomidan Jey Di Vensni nomzod sifatida ko‘rayotganini bildirdi.
"Men ajoyib to‘rt yilni o‘tkazib, prezidentlikni ideal holatda, “buyuk bir respublikachiga” topshirishni rejalashtiryapman. U boshlagan ishlarimizni davom ettiradi. To‘rt yil — bu haqiqatan ham muhim ishlarga erishish uchun yetarli muddat. Bu haqda hali gapirishga erta, lekin men o‘zimning vise-prezidentimga egaman. Jey Di Vens juda ajoyib ish olib boryapti", — dedi Tramp.