Bugun 9 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Tramning istagidan so‘ng Panama hukumati kanalga egalik huquqi muhokama qilinmasligini bildirdi

Tramning istagidan so‘ng Panama hukumati kanalga egalik huquqi muhokama qilinmasligini bildirdi

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp sayyoradagi asosiy yuk tashish yo‘llaridan birini o‘z nazoratiga olish istagini yana bir bor ta’kidlaganidan so‘ng, Panama hukumati kanalga egalik huquqi muhokama qilinmasligini bildirdi.

"Kanalimiz suvereniteti muzokaralar olib bo‘lmaydigan va tarixiy kurashimizning bir qismidir. Panama prezidenti bu boradagi o‘z pozisiyasini aniq bildirdi", — deya ta’kidladi Panama Tashqi ishlar vaziri Xavyer Martinez-Acha Vaskes.

Avvalroq prezident Xose Raul Mulino kanal va uning atrofidagi hududning har bir kvadrat metri o‘z mamlakatiga tegishli ekanligini va shunday bo‘lib qolishini aytgan edi.

Donald Tramp bir kun avval Panama rasmiylari bilan kanal taqdirini muhokama qilayotganini aytgandi. Panama Tashqi ishlar vaziri Qo‘shma Shtatlar hukumatining yangi ma’muriyat bilan aloqa qilmaganini bildirdi.

Kiritildi: 17:22 08.01.2025. O'qildi: 632 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!