O‘zbekistonda tovuq go‘shti qimmatlashishi mumkin.
2024 yil 1 oktyabrdan yangi so‘yilgan, sovitilgan yoki muzlatilgan uy parrandasi go‘shti va qo‘shimcha ozuqabop mahsulotlari (butun go‘sht, qanot, bel, bo‘yin, okorochok, golen, son, qiyma va teri) O‘zbekiston hududiga olib kirishda belgilangan bojxona boji bo‘yicha berilgan imtiyoz bekor qilinadi. Bu parranda go‘shti narxiga ta’sir etishi mumkin.
Mazkur o‘zgarish joriy yilning 27 iyun kuni prezident tomonidan qabul qilingan "Parrandachilik sohasini yanada qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy genetik texnologiyalar va kooperasiya tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida belgilangan.
Shuningdek, 2030 yil 1 yanvargacha parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’ektlari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini (ekin maydonlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etiladi.