Artemiy Lebedev bepul foydalanish uchun Toshkentning yangi turistik logotipini taqdim qildi.
Endi logotip bepul bo‘lib, istovchilar Toshkentga aloqador har qanday maqsadlarda foydalanishlari mumkin futbolkalarga bosib chiqarish, ayfon g‘iloflariga ishlatish, logotipni o‘z saytlariga qo‘yish, menyu uchun foydalanish oddiy qilib aytganda logotipdan istaganingizcha foydalanishingiz mumkin. Eng muhimi bu Toshkentning va biznesning foydasiga bo‘lsin , - deyiladi Artemiy Lebedevning Telegram dagi xabarida.
Vektor formatidagi fayl studiya saytida mavjud.