Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Toshkentning havosi eng ifloslangan tumanlari ma’lum qilindi

Toshkentning havosi eng ifloslangan tumanlari ma’lum qilindi

«O‘zgidromet» direktori vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi Bahriddin Nishonov Toshkentning qaysi tumanlarida havo eng ifloslanganini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, 2019 yilda poytaxning barcha tumanlaridan Yashnobod tumanida azot dioksidining me’yoridan eng ko‘p – 2,5 barobar oshishi qayd qilingan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Toshkentning havosi eng ifloslangan tumanlari qatorida Chilonzor va Mirobod tumanlari ham qayd qilib o‘tilgan. 

Nishonovning ta’kidlashicha, Toshkentning havosi eng kam ifloslangan tumanlari Yakkasaroy va Qibray tumanlari hisoblanadi.

Avvalroq «O‘zgidromet»da havoni qaysi moddalar ko‘proq ifloslantirishi o‘rganib chiqilgandi. Aniqlanishicha, bunday moddalarga asosan chang, uglerod oksidi, azot dioksidi, oltingugurt dioksidi va ammiak kiradi.  

Kiritildi: 06:42 21.11.2019. O'qildi: 2240 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!