Bugun 28 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Ta’mirlash ishlari tufayli Sergeli tumanining ayrim hududlariga 24 iyun kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt”ga tayanib Daryo nashri xabar berdi. Aholi iste’molchilari soni:

  • “No‘g‘ayqo‘rg‘on” MFY Mohidil, Mohichehra, Gulzor va Erkinlik ko‘chalaridagi 426 ta yerli xonadon;
  • “Qubaytepa” MFY Parizod va Qubaytepa ko‘chalaridagi 392 ta yerli xonadon;
  • “So‘g‘diyona” MFY So‘g‘diyona-2 ko‘chasidagi 110 ta yerli xonadon.

Ulgurji iste’molchilar soni — 14 ta.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

Eslatib o‘tamiz, 11 iyun kuni Yunusobod, Mirobod va Olmazor tumanlarining qator hududlariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatilgan edi. 10 iyun kuni ham Toshkentda qator hududlarda elektr va gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan edi.

Kiritildi: 11:22 24.06.2024. O'qildi: 702 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!