Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkentga yana 50ta zamonaviy tez yordam mashinalari olib kelindi

Toshkentga yana 50ta zamonaviy tez yordam mashinalari olib kelindi

Toshkent shahar Tez tibbiy yordam xizmatiga 50 ta zamonaviy Ford reanimobillari topshirildi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar berdi.

Tez tibbiy yordam mashinalari bemorlarni tashish va ularga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishga mos ravishda to‘liq jihozlangan.

Reanimobillarga so‘nggi rusumdagi aloqa vositalari o‘rnatilgan. Bu markazdagi dispetcherlik punktida turib mashinaning joylashuv nuqtasi, yo‘llardagi harakati va mashina salonida tibbiy yordam ko‘rsatish jarayonini bevosita kuzatish imkonini beradi.

Shuningdek, ularda zamonaviy EKG, IVL, defibrilyator, so‘rg‘ich, kislorod sistemasi va boshqa zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar, dori qutisida tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan barcha turdagi dori-darmonlar bor.

Mashinalar “O‘ZIMPEKSALOQA” MCHJ tomonidan xarid qilindi.

“Pandemiya davrida logistika xizmatlari murakkab bo‘lishiga qaramay, ushbu avtotransport vositalari o‘z vaqtida yetkazib berildi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, 2019 yilda shu rusumdagi 150 ta tez tibbiy yordam maxsus avtotransport vositalari vazirlik tomonidan yetkazib berilgan edi.

Kiritildi: 15:01 13.05.2022. O'qildi: 2642 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!