Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkentdan vodiyga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi

Toshkentdan vodiyga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi

Prezidentning 2023 yil 26 apreldagi «Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq Toshkent shahridan Qamchiq dovoni orqali Farg‘ona vodiysi viloyatlariga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi.

Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi 738-son qaroriga muvofiq shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlar bo‘yicha navbatdagi ochiq tender tanlovlari 2024 yilning 1 may sanasida bo‘lib o‘tadi.

Tenderga joylashtirilgan yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lish hamda tenderda qatnashish uchun takliflarni taqdim etish jarayonlari e-tender.uztrans.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Kiritildi: 06:43 28.03.2024. O'qildi: 1593 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!