Bugun 5 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Toshkentdan Buxoroga uchgan samolyot chang bo‘roni tufayli poytaxt aeroportiga qaytdi

A A A
Toshkentdan Buxoroga uchgan samolyot chang bo‘roni tufayli poytaxt aeroportiga qaytdi

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Toshkent Buxoro yo‘nalishida parvoz qilayotgan HY23 yo‘lovchi reysi uchish aeroportiga qaytdi. Samolyot ekipaji Buxoro aeroportidagi noqulay ob-havo sharoiti (chang bo‘roni) tufayli uchish aeroportiga qaytishga qaror qilgan.

Bortida 125 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 16:03 da Toshkentga qo‘ndi. Samolyot yaqin soatlarda Buxoro aeroportiga uchib ketishi kutilmoqda.

Parvoz jadvaliga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarni aviatashuvchidan, shuningdek, "Uzbekistan Airports" rasmiy sayti va mobil ilovasi orqali olish mumkin.

Kiritildi: 16:12 06.02.2024. O'qildi: 1275 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!