Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentdagi yana uchta shifoxona odatiy ish faoliyatiga qaytdi

Toshkentdagi yana uchta shifoxona odatiy ish faoliyatiga qaytdi

Koronavirusga chalinish holatlari kamaygani sababli COVID-19 bemorlarini davolashga ixtisoslashgan yana 3 ta shifoxona — Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi, Toshkent shahar perinatal markazi va  Toshkent shahar 3-son yuqumli kasalliklar shifoxonalari o‘z yo‘nalishi bo‘yicha odatiy ish faoliyatiga qaytdi.

SSV matbuot xizmati xabar berishicha, yana uchta shifoxona: Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi, Toshkent shahar perinatal markazi va Toshkent shahar 3-son yuqumli kasalliklar shifoxonalari o‘z yo‘nalishi bo‘yicha dastlabki tartibda faoliyatini davom ettirishi belgilab berildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shifoxonalar 2 dekabrdan boshlab koronavirusga chalingan bemorlarni qabul qilishni to‘xtatdi va kasalxonalardagi davolanish davom ettirilishi talab etiladigan bemorlar tegishliligi bo‘yicha 1- va 2-son Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonalariga o‘tkazildi.

Infeksiyani davolashda qo‘llanilayotgan dori vositalari zaxira sifatida saqlanadi.

Bemorlar chiqarilgandan keyin muassasalar o‘rnatilgan tartibda zararsizlantiriladi va epidemiyaga qarshi choralar ko‘rilib, mavjud tibbiy jihozlarni konservasiya qilinadi, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 08:35 04.12.2020. O'qildi: 2061 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!