Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Toshkentdagi omborxonada yong‘in sodir bo‘ldi

A A A
Toshkentdagi omborxonada yong‘in sodir bo‘ldi

2019 yil 24 aprel kuniToshkent shahrining Olmazor tumani Usta Shirin ko‘chasida joylashgan Agregat AJ zavodi hududida ijarada ishlayotgan oboy ishlab chiqarish sexining yarim tayyor mahsulotlari saqlanadigan omborida yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, oqibatda omborning yarim tayyor mahsulotlari qisman yonib zarar ko‘rgan. Jarohat olganlar yo‘q.Yong‘inni kelib chiqish sabablari va keltirilgan moddiy zarar miqdori o‘rganilmoqda.

Kiritildi: 15:11 25.04.2019. O'qildi: 1814 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik