Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi 62-maktabda o‘qituvchi mushukka shafqatsizlarcha munosabatda bo‘ldi, mazmunida xabar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, Uchtepa tumanidagi 62-sonli umumta’lim maktabida shu yilning 27 sentyabr kuni soat 17:30 lar atrofida 7-sinf o‘quvchilari ona tili darsiga o‘zboshimchalik bilan mushuk olib kirgan.
Jonivor esa o‘qituvchi D.X.ning dars nashg‘ulotiga xalaqit qilgan. O‘quvchilarni darsdan chalg‘itmaslik uchun mushukni ikkinchi qavat deraza tashqi tokchasiga qo‘ymoqchi bo‘lganida qo‘lidan tushib ketgan. Mushukka juddiy jarohat yetmagan, veterinar shifokor ko‘rigidan o‘tkazilgan.
Voqeadan so‘ng maktab ma’muriyati tomonidan yig‘ilish o‘kazilib, o‘qituvchi hamda o‘quvchilarga tabiat va jonivorlarni asrab-avaylash barchaning burchi ekani tushintirilgan.