Bu haqda "Zo‘r TV" telekanalining "Bu kun" dasturida ma’lum qilindi.
Toshkent shahridagi "Aviasozlar" bozorida noma’lum sharoitda cho‘chqa go‘shtidan tayyorlangan mahsulotlarni ancha vaqtdan beri sotib kelishayotgani aniqlandi.
"Havo harorati 50 gradusga yaqin bo‘layotgan bir paytda mahsulotlar tashqarida sotilmoqda. Bundan tashqari yaroqlik muddatlari va ishlab chiqarilgan joyi ko‘rsatilmagan. Bunday mahsulotlarni iste’mol qilish oshqozon ichak faoliyatini buzilishiga, turli xildagi zaxarlanishlarga olib kelishi mumkin. Zaxarlanish paytida o‘z vaqtida tez tibbiy yordam ko‘rsatilmaganida, hattoki o‘lim holatiga ham olib kelishi mumkin" - dedi Sanepidemqo‘mita Toshkent shahar matbuot xizmati raxbari Jonibek Odiljonov.