Bugun 14 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Toshkentdagi 208-maktabda yong‘in chiqdi

Toshkentdagi 208-maktabda yong‘in chiqdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Toshkentdagi 208-maktabda yong‘in sodir bo‘lmoqda” mazmunidagi xabarlar yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Bugun, 13 oktyabr soat 17:23 da Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani “Shukur Burxonov” MFYdagi 208-maktabning ta’mirlanayotgan bo‘sh binosida yong‘in sodir bo‘ldi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 17:28 da hududga yetib borib, 17:39 da yong‘inni qurshab olgan va 17:42 da uni bartaraf etgan.

Hodisa vaqtida maktabda xodim va o‘quvchi bo‘lmagan, hech kim tan-jarohati olmagan.

Yong‘inning sababi ta’mirlash ishlari davrida yong‘in xavfsizlik qoidalariga rioya etmaslik ehtimoli bilan bog‘liq deb taxmin qilinmoqda, zarar miqdori ham aniqlanmoqda.

Kiritildi: 21:35 13.10.2025. O'qildi: 303 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!