2019 yil 29 mart kuni Toshkent viloyatining Angren shahrida yashovchi SH.M. IIBga murojaat qilib, unda shu yil 24 mart kuni soat 04:00 larda uning birga yashovchi turmush o‘rtog‘i 30 yoshli Yulduz Abduraxmonova 1 yoshli qizi bilan birgalikda, uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolganliklarini ma’lum qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi yozmoqda.
Ona va bolani qidirib topish choralari ko‘rilgan edi. Olib borilgan qidiruv-surishtiruv ishlari va fuqarolarimizning bergan ma’lumotlari natijasida ona va uning qizi Toshkent shaharning M.Ulug‘bek tumani hududidan sog‘-salomat topilib, uyiga qaytarilgan.