Bugun 9 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Toshkentda yo‘l talashgan ikki haydovchi jazolandi

Toshkentda yo‘l talashgan ikki haydovchi jazolandi

Ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar fuqarolar yo‘lning qatnov qismida o‘zaro janjallashayotganligi aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Bu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB quyidagilarni ma’lum qildi.

Joriy yilning 6 yanvar kuni taxminan soat 19:00 larda 1986 yilda tug‘ilgan A.A. o‘zining boshqaruvchidagi Lacetti rusumli avtomashinada Shayxontohur tumani Islom Karimov ko‘chasida harakatlanayotgan vaqtida BYD rusumli avtomashina haydovchisi bilan o‘zaro yo‘l talashgan. Natijada BYD rusumli avtomashina haydovchisi 1982 yilda tug‘ilgan S.A. yo‘lning qatnov qismida to‘xtab, A.A. bilan jamoat joyida – yo‘lning qatnov qismida o‘zaro urushib, jamoat tartibini buzishgan. Janjal natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-modda (“Mayda bezorilik”) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. To‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rishlik uchun jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborilgan.

Kiritildi: 10:30 07.01.2026. O'qildi: 673 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!