Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkentda «Yoshlar» radiosi boshlovchisi kursdoshi tomonidan kaltaklandi (foto)

Toshkentda «Yoshlar» radiosi boshlovchisi kursdoshi tomonidan kaltaklandi (foto)

«Yoshlar» radiosi boshlovchisi Ziyodulla Sa’dullayev kursdoshlari tomonidan kaltaklandi, jurnalist besh kundan buyon shifoxonada. Bu haqda uning hamkasbi Kamoliddin Muhitdinovga tayanib, Sanjar Said ma’lum qilgan.

Kamoliddin Muhitdinovning aytishicha, O‘zbekiston davlat madaniyat va san’at institutida tahsil oluvchi Ziyodulla Sa’dullayevni kursdoshi tepkilayotgan vaqtda hodisani institut domlasi va 8 nafar kursdoshi tomoshabin bo‘lib kuzatib turgan.

«Oddiy so‘z almashinuvidan shu daraja kelib chiqishiga ishonmayman. Mushtumzo‘r emas, mushtumtoy deganimga sabab bu toy bolani erkalab suyganlari borakan», — deb yozadi Kamoliddin Muhitdinov.

«Yoshlar» kanalining yana bir muxbiri Doniyor Yusupov Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi «Xalq bilan muloqot» guruhiga yozishicha, Ziyodulla Sa’dullayevni uch kishi ushlab turgan, biri kaltaklagan. O‘zidan ketib polga yiqilganidan keyin ham yuz-ko‘zi aralash tepkilashga qo‘yib berishgan.

«Yana ustiga-ustak mushtumzurning otasi, Malibu’li boyvachcha vrach, operasiya stolidan chiqqan bemor bolaning yoniga kirib, da’voni qaytarib olish, agar farzandi qamalsa, u ham o‘qishdan haydalishi mumkin, deya po‘pisa qilsa. Shu odam hali insonlarni davolaydimi? Agar uning o‘g‘li bilan shu holat yuz bersa, Malibu’sini sotib bo‘lsa, ham mushtumzo‘rni qamatar-a?!» — deb yozadi jurnalist.

Doniyor Yusupovning yozishicha, ichki ishlar organlarixodimlari ham ishni «yopti-yopti» qilishga urinmoqda, besh kundan buyon sud-tibbiyot ekspertizasi o‘tkazilmagan.

Jurnalistlarning ma’lum qilishicha, hodisa O‘zbekiston davlat madaniyat va san’at instituti hududida sodir bo‘lgan.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 14:09 10.12.2018. O'qildi: 4116 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!