Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkentda yana ikki erkak koronavirus qurboni bo‘ldi. Ulardan biri 30 yoshda edi

Toshkentda yana ikki erkak koronavirus qurboni bo‘ldi. Ulardan biri 30 yoshda edi

Uchtepa tumanida yashagan 64 yoshli bemor A.A. (erkak)da “COVID-19” infeksiyasi tasdiqlangach, ahvoli og‘ir bo‘lganligi sababli joriy yil 27 iyul kuni Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi reanimasiya bo‘limiga yotqizilgan. 

Unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Bemor o‘tkir nafas, yurak qon-tomir va poliorgan yetishmovchiligidan vafot etgan.

Sergeli tumanida yashagan 30 yoshli bemor B.A. (erkak)da joriy yil 26 iyul kuni “COVID-19” infeksiyasi alomatlari kuchaygan va nafas yetishmovchiligi og‘irlasha boshlagach, u ham Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi reanimasiya bo‘limiga yotqizilgan. 

Unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi asoratlar bilan kechgan. 

Bemor o‘tkir nafas, yurak qon-tomir va poliorgan yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromidan vafot etgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 16:39 04.08.2020. O'qildi: 4031 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!