Bugun 15 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda yana 7 ta ko‘chada avtobus yo‘laklari tashkil etiladi

Toshkentda yana 7 ta ko‘chada avtobus yo‘laklari tashkil etiladi

Avtobuslar uchun ajratilgan alohida yo‘laklar joriy etilishi natijasida mazkur ko‘cha bo‘ylab harakatlanuvchi avtobuslarning tasarruf tezligi 18 km/soatdan 24 km/soatgacha ko‘tarilib, 29% ga yaxshilandi.

Natijada ushbu yo‘laklar orqali harakatlanayotgan avtobuslar xizmatidan kunlik foydalanuvchi 600 mingdan ortiq yo‘lovchilarning har kuni 100 ming soat vaqti tejalishiga erishilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, hozirda mavjud 53 km uzunlikdagi avtobus yo‘laklariga qo‘shimcha ravishda yana umumiy uzunligi 18 km bo‘lgan 7 ta ko‘chada avtobus yo‘laklari joriy etiladi. Natijada ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati yaxshilanadi, yo‘lovchilar vaqti tejaladi hamda jamoat transporti jozibadorligi oshiriladi.

Kiritildi: 14:00 13.11.2024. O'qildi: 516 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!