Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Toshkentda Xitoy elektrobusi sinovdan o‘tkaziladi

A A A
Toshkentda Xitoy elektrobusi sinovdan o‘tkaziladi

Xitoyning Yutong kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan elektrobus namunasi poytaxtga keltirildi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" AJ xabar bermoqda.

Ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, ZK6128BEVG modelidagi mazkur elektrobus 215 k/vat bilan harakatlanadi. Bir marta olingan quvvat bilan 300 kilometrdan ziyod masofani bosib o‘tadi. 

Elektrobus saloni 5 ta kuzatuv kamerasi hamda monitor bilan jihozlangan. Undan tashqari dvigatel qismiga yong‘inga qarshi avtomat tarzda ishlovchi uskuna o‘rnatilgan. Shuningdek, kondisioner, isitish tizimi bilan ta’minlangan. 12 metr uzunlikdagi mazkur elektrobus o‘rtacha 70 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan.

Mazkur elektrobus respublika iqlim sharoitida avtobus yo‘nalishlarida bir necha oy davomida sinovdan o‘tkaziladi.

Ushbu transport vositasi joriy yil 7 martdan 51-yo‘nalishda o‘zining dastlabki qatnovini boshlashi aytilgan.

Kiritildi: 11:33 07.03.2020. O'qildi: 2095 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik