Bugun 28 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkentda o‘zganing plastik kartasidan 110 mln so‘m o‘g‘irlagan shaxslar ushlandi

Toshkentda o‘zganing plastik kartasidan 110 mln so‘m o‘g‘irlagan shaxslar ushlandi

Toshkent shahrida yashovchi 28 yoshli ayol N.A. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, bank kartasidan jami 110 mln so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganini ma’lum qilgan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi X.R. sodir etgani aniqlangan.

Unga ko‘ra, X.R., jabrlanuvchi N.A.ning qo‘l telefoniga qo‘ng‘iroq qilgan va o‘zini Click xizmati xodimi sifatida tanishtirib, uning bank plastik kartasiga kiberhujum bo‘layotganini aytib, SMS-xabarnoma yuborish orqali boshqaruv huquqini qo‘lga kiritib, 110 mln so‘m miqdoridagi pullarni o‘tkazib olgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan X.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 18:22 15.06.2024. O'qildi: 3249 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!