Bugun 8 oktyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Toshkentda o‘quvchi qiz nega “samosud” qilingani ma’lum bo‘ldi

Toshkentda o‘quvchi qiz nega “samosud” qilingani ma’lum bo‘ldi

Toshkent shahri Yangihayot tumanida 12 aprel kuni ikki qiz boshqa bir qizni “samosud” qilgani haqida xabar berilgan edi. Mazkur holatga nima sabab bo‘lgani aytildi.

Holat 12 aprel kuni sodir bo‘lgan edi. 2006 yilda tug‘ilgan H.S. va 2007 yilda tug‘ilgan D.U. qurilishi tugallanmagan ob’ekt hududida jamoat tartibini buzib voyaga yetmagan 2009 yilda tug‘ilgan S.X.ni urib, yengil tan jarohati yetkazgan. Ushbu maktab direktorining so‘zlariga ko‘ra, janjalga mish-mishlar, chaqimchilik sabab bo‘lgan.

Jabrlanuvchi bir behayo suratdagi qizni o‘zidan yuqori sinfda o‘quvchi qiz ekanini aytib, maktabda mish-mish tarqatgan. Buni eshitgan qiz esa uni do‘pposlagan.

Toshkent shahri maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ham holat yuzasidan munosabat bildirgan. Ma’lum bo‘lishicha, maktab ma’muriyati ushbu holatdan 12 aprel kuni kechki vaqtda xabar topgan.

13 aprel kuni maktab ma’muriyati janjal ishtirokchilarining ota-onalarini chaqirtirib, ular bilan tushuntirish ishlarini olib borgan. Voqea yuzasidan Yangihayot tumani ichki ishlar organi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limiga murojaat qilingan.

Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani ichki ishlar organi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Kiritildi: 21:33 22.04.2023. O'qildi: 15068 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!