O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Toshkentda “Tolibon” harakatining siyosiy idorasi ochilishi haqidagi xabarni rad qildi.
Avvalroq, “Reuters” “Tolibon” harakati vakillariga asoslanib, O‘zbekiston poytaxtida harakatning siyosiy idorasi ochilishi haqida xabar bergan edi.
“Bu masala muhokama qilinmadi. Hech qanday idora ochilmadi”, deb aniqlik kiritgan vazirlik vakili.
Qatarda “Tolibon” harakatining yagona rasmiy vakilligi joylashgan. Avvalroq, Qatar hukmron doiralari AQSh iltimosiga ko‘ra “Tolibon”ni o‘z hududiga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston TIV “Tolibon” vakillari bilan 7-10 avgust kunlari muzokara o‘tkazganini xabar qilgan.
Manba: qalampir.com