Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Toshkentda talonchiga sud hukmi o‘qildi!

A A A
Toshkentda talonchiga sud hukmi o‘qildi!

Katta ko‘chada ketayotgan har bir kishi tabiiyki, o‘z tashvishlari, o‘ylari bilan band shoshib boradi. Shu tob qarshisidan biron talonchi yoki o‘g‘ri chiqib qolib unga zarar yetkazishi mumkinligi va bundan himoyalanish uchun esa birozgina xushyor bo‘lmoqligi lozimligi kamdan kam xollarda ularning hayoliga keladi. Bu esa afsuski, ba’zan pand beradi.

Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi “Xadra maydoni”da sodir bo‘lgan talonchilik xolatini ham jabrlanuvchilar aslo kutishmagandi, albatta.

Jabrlanuvchilardan biri (maqoladagi barcha ism familiyalar shartli o‘zgartirilgan) Javlon Raisov qarshisidan kelgan fuqaroning iltimosini qaytara olmadi. Uning “telefoningizni bir minutga berib turing”, degan iltimosini odamgarchilik yuzasidan qabul qildi. Telefonni olgan shaxs esa uni qaytarishi evaziga pul talab qiladi. Javlonning “menda sen so‘ragan pul yo‘q”, degan javobidan g‘azablangan yo‘lto‘sar yigit unga bir sutka vaqt beradi va aksincha telefonini sotib yuborishi bilan po‘pisa qiladi.  Shuningdek, fuqaro Zamira Mirzayevaning biroz beparvoligi bo‘ynidagi tilla zanjirini uzib ketishlariga imkon bo‘ldi.

Tezkorlikda olib borilgan tadbirlar o‘laroq talonchi zudlik bilan qo‘lga olindi.endigina 25 yoshni qarshilagan, ishlasa tog‘ni talqon qilguvchi Bahrom Mahmudov shu tariqa avval ham oilasi yuzini yerga qaratgan va jarimaga tortilgandi. O‘z qilmishidan pushaymon bo‘lib tavba qilgan B. Mahmudov so‘zining uddasidan chiqmadi va ikkinchi bor sud kursisiga o‘tirdi. Sud uning jinoiy qilmishiga qonun sanksiyasi doirasida jazo tayinladi.

Xulosa o‘rnida esa, jinoyatchi har dam jazosini olgani xolda baribir, oramizda turfa kimsalar uchrashini yana bir bor eslatib, zamondoshlarimizni birozgina xushyorlikka undamoqchimiz.    

Abdulla Abdulxayev,

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi sudyasi

 

Kiritildi: 14:56 19.12.2019. O'qildi: 2069 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik