Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Toshkentda «Spark» piyodalarni urib yubordi, ulardan biri vafot etdi

Toshkentda «Spark» piyodalarni urib yubordi, ulardan biri vafot etdi

Olmazor tumanida odam o‘limi bilan yakun topgan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Joriy yilning 27 mart kuni soat 11.30 larda Kichik halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida 1997 yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvidagi «Spark» rusumli avtomashinani boshqarib kelayotib, 2 nafar piyodani urib yuborgan.

Oqibatda, piyodalardan biri - 1981 yilda tug‘ilgan B.T. olgan tan jarohatlari bilan tibbiy muassasaga olib borilgan. Ikkinchi piyoda - 1981 yilda tug‘ilgan U.M. olgan tan jarohatlari natijasida tibbiy muassasaga olib borilgan. Biroq tibbiyot xodimlarining sa’y-harakatlariga qaramasdan U.M. vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Kiritildi: 19:39 29.03.2023. O'qildi: 1804 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!