Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjid ochildi (+foto)

A A A
Toshkentda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjid ochildi (+foto)

Prezident Chilonzor tumanida qurilishi yakuniga yetkazilgan Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjidda bo‘ldi.

2 gektardan ziyod maydonda ulkan majmua bunyod etilgan. Avvalgi loyihadagi ayvon o‘rni ham masjid binosiga qo‘shilib, yanada kengaytirilgan. Majmuadan, shuningdek, konferens-zal, o‘quv xonalari, tahorat xona, muzey va boshqalar joy olgan. Yo‘l bo‘yidagi So‘galli ota maqbarasi ta’mirlangan. Beton qoldiqlari chiqarib tashlanib, ko‘kalamzorlashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev bu masjid Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomiga munosib bo‘lganini ta’kidladi. Shayx hazratlarining ilmiy merosini o‘rganish, ma’rifat va odob-axloq mavzularida ko‘proq kitoblar chop etish, jamiyatimizdagi ma’naviy muhitni mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Kiritildi: 18:35 10.05.2019. O'qildi: 7454 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!