Bugun 17 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Toshkentda qurilish firmasi vakillari va aholi janjallashdi

A A A
Toshkentda qurilish firmasi vakillari va aholi janjallashdi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 17 may kuni qurilish firmasi vakillari va shu hududda yashovchi aholi o‘rtasida mojaro chiqdi. Holat yuzasidan shahar IIBB ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, ushbu hududda qurilish bo‘lishiga norozilik bildirgan fuqarolarga qarshi 1991 yilda tug‘ilgan F.J., 1992 yilda tug‘ilgan S.X., 1993 yilda tug‘ilgan X.N.lar baqir-chaqir qilib, jamoat tartibini buzishgan.

Mazkur holat yuzasidan F.J, S.X., X.N.larga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘grisidagi kodeksining 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudi tomonidan ularga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Kiritildi: 15:15 21.05.2023. O'qildi: 2045 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!