Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkentda qotillik: erkak xorijga turmushga chiqayotgan sobiq rafiqasini o‘ldirdi (video)

Toshkentda qotillik: erkak xorijga turmushga chiqayotgan sobiq rafiqasini o‘ldirdi (video)

Ikki yosh Muhammad Abdulaziz va Oydina o‘zaro kelishmovchiliklar sabab 2018 yilning oktyabr oyida ajrashishgan edi. Lekin yigit oilasini saqlab qolishga harakat qilib, qizga qaytib kelishni taklif etadi. Bu haqda 7 news yozmoqda.

Ammo Oydina sobiq turmush o‘rtog‘iga endi u bilan yashamasligini va Janubiy Koreya fuqarosiga turmushga chiqmoqchi ekanligini ma’lum qiladi.

Markaziy studiya ko‘rsatuvida hikoya qilinishicha, mazkur xabardan g‘azablangan Muhammad Abdulaziz Namangan shahridan Toshkentga kelib, sobiq xotinini qidirib topadi va uniing 11 joyiga oshxona pichog‘ida zarba berib pichoqlaydi. Jabrlanuvchi og‘ir jarohatlar tufayli vafot etadi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudyasi Baxtiyor Islomovning mal’um qilishicha, sudlanuvchi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 2-qismi j bandiga muvofiq 18 yil ozodlikdan mahrum etildi.

Kiritildi: 14:17 15.03.2019. O'qildi: 3320 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!