26 dekabr kuni Toshkent aholisi va mehmonlari uchun o‘ziga xos bayram tadbiri – Qorbobolar paradi bo‘lib o‘tadi. Milliy gvardiya harbiy orkestri Qorbobo obrazida shahar bo‘ylab musiqiy parad tashkil etadi.
Parad soat 19:00 da Amir Temur xiyobonidan boshlanadi va 21:30 da Tashkent City saylgohida yakunlanadi. Bayram davomida ishtirokchilar turli rangli yoritgichlar, bayram kostyumlari va musiqiy chiqishlar orqali Yangi yil ruhini his qilishlari mumkin.
Shahar ma’muriyati aholi va mehmonlarni bayram tadbirida qatnashishga taklif qiladi hamda yo‘l harakati va xavfsizlik choralari saqlanishini eslatadi.