Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Sindorov va Gukesh to‘rtinchi partiyada ham durang o‘ynadi

Sindorov va Gukesh to‘rtinchi partiyada ham durang o‘ynadi

Shaxmat bo‘yicha jahon chempionligi uchun kechayotgan matchning to‘rtinchi partiyasida o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommaraju bilan durang o‘ynadi.

Qora donalarda o‘ynagan Sindorov raqibi bilan 33 yurishdan so‘ng durangga kelishdi. Shu tariqa, dastlabki to‘rt partiyaning barchasi tenglik bilan yakunlanib, umumiy hisob 2:2 bo‘ldi.

Beshinchi partiya 29 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi. Unda Sindorov oq donalarda o‘ynaydi.

Kiritildi: 23:13 28.11.2026. O'qildi: 693 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik