Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Toshkentda qor yog‘dimi?

Toshkentda qor yog‘dimi?

Tarmoqlarda Toshkent shahrida 29 noyabr kuni kuzatilgan yomg‘ir qisqa muddatli qorga aylangani haqida mulohazalar paydo bo‘ldi. Ushbu holat yuzasidan iqlimshunos olim Erkin Abdulahatov tushuntirish berdi.

Erkin Abdulahatovning aytishicha, poytaxtda qor yog‘gani haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Kunduz kuni isib turib, kechga borganda sovuq frontning o‘tishi kuzatilsa, birinchi yog‘in yuqori haroratda bizga oy shu’lasi yoki yoritkich ob’ektlarida qor kabi ko‘rinadi.

Bu juda yengil suv tomchilari va tezligi past yog‘in turidir. Bu qor emas. Ijtimoiy tarmoqlarda “poytaxtda qor yog‘moqda” degan asossiz xabarlar tarqalmoqda.

Poytaxtda hozir +9°S +10°S harorat. Bunday haroratda tabiiy ravishda osmondan qor tushmaydi. Qor odatda tabiiy ravishda maksimal +4°S (juda kam hollarda +5°S da) gacha bo‘lgan haroratda yog‘ishi mumkin. Sun’iy ravishda esa yuqori haroratda ham buning imkoni bor. Masalan, Sochi Olimpiadasida +10°S da qor “yog‘dirishgan”, — dedi iqlimshunos.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bu hodisa kunduz kuni bo‘lganda hech kim uni qor deb atamas edi.

Kiritildi: 10:32 30.11.2023. O'qildi: 4076 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!