Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Toshkentda pora olayotgan prokuratura tergovchisi qochib ketdi

Toshkentda pora olayotgan prokuratura tergovchisi qochib ketdi

Bosh prokuratura va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda fuqaro I.X.ning arizasi asosida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Muallif arizasida Toshkent shahar Yunusobod tumani prokuraturasi katta tergovchisi SH.SH. tomonidan “B.H.” MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan bo‘lgan jinoyat ishini uning foydasiga ijobiy hal qilish uchun pul mablag‘lari talab qilganligini ma’lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Ushbu ariza asosida joriy yilning 7 oktyabr kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, SH.SH. ariza muallifidan kelishilgan 40 ming AQSh dollarini olib, jinoiy ta’qibdan qutulish maqsadida noma’lum tomonga yashiringan (40 ming AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan).

Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan SH.SH.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi "a" bandi (Pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ayblanuvchiga nisbatan sirtdan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, unga nisbatan qidiruv e’lon qilindi.

Kiritildi: 21:55 09.10.2024. O'qildi: 1256 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!