Toshkent shahar hokimining 31 oktyabr kungi qarori bilan markazlashgan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun narxlar 15 foizga oshirildi.
Veolia Energy Tashkent tomonidan ko‘rsatiladigan markazlashgan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun quyidagi narx (tarif)lar tasdiqlandi:
⁃ tartibga solinadigan bazaviy narx (tarif) va byudjet tashkilotlari tarifi amaldagi darajasida (mos ravishda QQSsiz 664 465 so‘m/Gkal va 801 963 so‘m/Gkal);
⁃ aholi uchun 121 617 so‘m/Gkal (QQSsiz) (avval 105 754 so‘m/Gkal edi);
⁃ boshqa ulgurji tashkilotlarga 244 497 so‘m/Gkal (QQSsiz) (avval 212 606 so‘m/Gkal edi).