Bugun 22 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Toshkentda narkotik moddalar savdosiga chek qo‘yildi

Toshkentda narkotik moddalar savdosiga chek qo‘yildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan shahar IIBB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Yunusobod tumanida joylashgan “Uch qahramon” YPX maskanida poytaxt hududiga kirib kelayotgan “Spark” rusumli avtomashina to‘xtatilib, tekshirildi.

Natijada, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, 2004 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan shaxsga tegishli sellofan paket ichida 200 dona zip paketlarga qadoqlangan jami 365 gr “Mefedron” sintetik narkotik moddasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, u vaqtinchalik istiqomat qilayotgan Toshkent tumanidagi xonadon ko‘zdan kechirilganda, ushbu manzildan ham 734 gr “Mefedron”, 63 gr “Alfa-PVP”, 45 gr “Spays”, 2 dona elektron tarozi, zip-paketlar va boshqa ashyolar prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Aniqlanishicha, muqaddam o‘g‘irlik bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan mazkur shaxs hozirda internet narkodo‘konda “zakladchik” sifatida ishlayotgan bo‘lgan.

Holat yuzasidan unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 07:25 10.10.2026. O'qildi: 1084 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik