Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda mukofot jamg‘armasi 12000 yevro bo‘lgan shaxmat festivali bo‘lib o‘tadi

Toshkentda mukofot jamg‘armasi 12000 yevro bo‘lgan shaxmat festivali bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 20-30 sentyabr kunlari, poytaxtimiz Toshkentda Markaziy Osiyo Shaxmat festivali bo‘lib o‘tadi. Unda Markaziy Osiyoning, jumladan, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Afg‘oniston hamda O‘zbekistonning eng kuchli shaxmatchilari bellashadilar.

O‘zbekiston Shaxmat federasiyasi matbuot xizmatining xabari ko‘ra, mukofot jamg‘armasi 12.000 Yevro bo‘lgan ushbu musobaqa, ishtirokchilar uchun reytingli ekani bilan ham ahamiyatli. O‘g‘il bolalar o‘rtasida chempionlikni qo‘lga kiritadigan g‘olibga 3000 yevro, qizlar o‘rtasida mutloq chempionga esa 1500 yevro pul mukofoti belgilangan.

FIDE, RosATOM hamda O‘zbekiston Shaxmat federasiyasi hamkorligida o‘tkazilayotgan ushbu musobaqada 20 yoshgacha bo‘lgan, 1800 (o‘g‘il bolalar uchun), 1600 (qiz bolalar uchun) reyting ballidan kam jamg‘armagan shaxmatchilar qatnashish uchun ariza berishlari mumkin. 9 turdan iborat bahslarda har qatnashuvchiga, partiya oxirigacha 90 daqiqa vaqt beriladi.

Kiritildi: 06:46 23.08.2019. O'qildi: 869 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!