Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkentda milliy liboslarni targ‘ib qilgan ayollarni haqoratlagan erkak 15 sutkaga qamaldi

Toshkentda milliy liboslarni targ‘ib qilgan ayollarni haqoratlagan erkak 15 sutkaga qamaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning kiyimlarini muhokama qilib, ularning qadr-qimmatini kamsitib, obro‘sizlantirgan erkak 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Aprel oyida “Zamonaviy ayollar” klubi tomonidan Atlas Party nomli milliy liboslar targ‘ibot tadbiri o‘tkazilgan va tadbirdan lavhalar ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan. Ushbu lavhalarga nisbatan noma’lum erkakning mazkur targ‘ibot tadbirida ishtirok etgan ayollarni obro‘sizlantiruvchi haqoratli so‘zlari aks etgan videorolik ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bo‘lib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Shu sababli, mazkur holat yuzasidan Atlas Party tadbirining bir qator ishtirokchilari ichki ishlar idoralariga ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rish uchun ariza bilan murojaat qilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv tadbirlar natijasida mazkur shaxs Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan 36 yoshli fuqaro M.D. ekani aniqlangan.

23 aprel kuni fuqaro M.D. Shayxontohur tumani IIO FMBga taklif etilgan hamda u o‘zining shaxsiy diniy qarashlaridan kelib chiqqan holda atlas targ‘ibotini olib borgan ayollarga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatgani ta’kidlab o‘tgan.

Ushbu huquqbuzarlik holati tegishli tartibda Shayxontohur tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, fuqaroga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) ga asosan 15 sutka muddatga ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Kiritildi: 09:46 25.04.2024. O'qildi: 777 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!