Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkentda metroga hayvon bilan tushish mumkinmi?

Toshkentda metroga hayvon bilan tushish mumkinmi?

Bugun maktab yoshidagi bir qiz metro bekatida qo‘lidagi mushugi bilan poyezd kutib turganiga guvoh bo‘ldim. Nazoratchi kelib, mushugingizni qo‘lingizdagi maxsus paketga soling, deya ko‘rsatma berdi. Qiz donolarcha: mushugim aqlli, uni himoya qilishga hojat yo‘q, dedi baland ovozda. Nazoratchi yana nimalarnidir uqtirmoqchi bo‘ldi, ammo qiz unga quloq tutishni xohlamadi.

Aslida-chi, nima qilish kerak edi?

Metropoliten xizmatlaridan foydalanish mezoni o‘zbek, rus va ingliz tillarida yozib qo‘yilgan. Har bir asosiy metro bekatlarida ilib qo‘yilgan.

Unda metro ichiga hayvonlar maxsus idish va qafaslarga solingan tarzda olib kirilishi va metrodan chiqquniga qadar uni himoyada saqlash lozimligi ko‘rsatilgan. Agar bu tartib buzilsa, yo‘lovchi metropoliten xizmatlaridan noqonuniy ravishda foydalangan hisoblanadi. Siz ham metropolitenga hayvon va qushlar bilan tushayotganingizda shularni aslo unutmasangiz maqsadga muvofiq bo‘lardi. Chunki sizning qo‘lingizdagi himoyasiz jonzot shovqin yoki odamlardan cho‘chib hurkishi, poyezd ostida qolib ketishi mumkin.

D.Mamatova, O‘zA

Kiritildi: 14:15 06.06.2019. O'qildi: 2362 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!