Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Toshkentda kriptovalyuta savdosi bilan noqonuniy shug‘ullangan shaxslar faoliyati fosh etildi

Toshkentda kriptovalyuta savdosi bilan noqonuniy shug‘ullangan shaxslar faoliyati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi

Unda, fuqaro T.T. va boshqalar oldindan til biriktirib, noqonuniy daromad orttirish maqsadida, lisenziya olinishi shart bo‘lgan faoliyat turi bilan maxsus ruxsatnoma olmasdan shug‘ullanishib, boshqa shaxsga “1V” (bitkoyn) elektron pul birligini 10 463 AQSh dollaridan hisoblab, “20V” (bitkoyn) elektron pul birligini o‘zining 7% lik ustamasi bilan hisoblab jami 224 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ushlangan, tadbir yakunida T.T.dan elektron pul birliklari sotuvidan tushgan 402 071 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro T.T. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi 4-qismi va 190-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 12:55 26.09.2020. O'qildi: 2154 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!