Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda koronavirusni davolaydigan shifoxonalar 21 tadan 6 taga qisqartirildi

Toshkentda koronavirusni davolaydigan shifoxonalar 21 tadan 6 taga qisqartirildi

Toshkentda koronavirus bilan kasallangan bemorlarga xizmat qilayotgan 21 ta shifoxona muvofiqlashtirilib, ulardan 5 tasi va Zangiota majmuasidagi qoldirildi. Bu haqida Koronavirusga qarshi shtab a’zosi Barno Abdusamatova AOKA da bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, hozirda koronavirus bilan kasallangan bemorlarga xizmat qilayotgan poytaxtdagi 21 ta shifoxona muvofiqlashtirilib, ulardan 5 tasi va Zangiota majmuasidagi qoldirilgan.

Bular: Semashko sanatoriysi, TMA, Virusologiya, Yuqumli kasalliklar, Toshkent shahar tez tibbiy yordam shifoxonasi, Zangiota majmuasi.

Shunday qilib, endilikda koronavirusga chalingan bemorlarni davolaydigan kasalxonalar 6 tani tashkil qilmoqda. Qolgan markazlar o‘z ixtisosliklari bo‘yicha faoliyat yuritishda davom etishadi. 

Kiritildi: 16:13 04.08.2020. O'qildi: 3719 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!