Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkentda koronavirus bilan kasallanish nega oshib ketdi? Chunki yoshlarimiz karantin qoidalariga amal qilmayapti

Toshkentda koronavirus bilan kasallanish nega oshib ketdi? Chunki yoshlarimiz karantin qoidalariga amal qilmayapti

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Toshkent shahri sanitariya- epidemiologik osoyishtalik markazi bosh shifokori o‘rinbosari Bobur Qurbonov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

- Aholi oraqida koronavirus bilan kasallanganlarning keskin oshib ketishi nima bilan bog‘liq?

Xorijdagi fuqarolarimiz O‘zbekiston hududiga kirib kelgach, maxsus karantin zonalariga joylashtiriladi, ya’ni ular qarindoshlari, do‘stlari va tanishlari bilan muloqot qilmaydi. O‘sha yerda ulardan test tekshiruvi uchun tahlillar olinadi. Shundan so‘ng ularga tashxis qo‘yiladi. Natijalar asosida COVID-19 tasdiqlanadi.

Aholi orasida koronavirusga chalinganlarning ko‘payib ketayotganiga sabab: fuqarolarimiz, asosan yoshlarimiz karantin tadbirlariga amal qilmay qo‘ydi. Tibbiy niqoblarni noto‘g‘ri taqish (burunni ochib), masofa saqlamaslik, yoshlarning kechalari mahallalar va ko‘p qavatli uylar tagida yig‘ilib birga vaqt o‘tkazishlari — mana shu sabablar tufayli Toshkent shahrida kasallanishlar soni keskin ko‘paymoqda.
 

Kiritildi: 13:09 13.07.2020. O'qildi: 4095 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!