Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda ilk marotaba Kushon xazinasi namoyish etiladi

Toshkentda ilk marotaba Kushon xazinasi namoyish etiladi

Ma’lumki, 2019 yil 26 avgustda Samarqandda «Moddiy va nomoddiy madaniy merosni saqlash: dolzarb muammolar va ularni hal etish strategiyasi» Xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu voqea oldidan «O‘zbekiston – buyuk yo‘llar va sivilizasiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat» Meros haftaligi bo‘lib o‘tadi. Tadbir doirasida «Kushon xazinalari» noyob ko‘rgazmasi o‘tkaziladi.

Ushbu katta ekspozisiya Toshkentda, O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida namoyish etiladi. Xalqaro olimlarning ko‘psonli iltimosiga ko‘ra, eramizning I asri boshida O‘rta Osiyo hududida qad rostlagan jumboqli, kam o‘rganilgan va qachonlardir qudratli bo‘lgan Kushon imperiyasining noyob artefaktlarni mustaqillik yillari davomida ilk bora ko‘rgazmaga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Ko‘rgazmaning eksklyuziv, o‘ziga xos jihati – Surxondaryo viloyatidagi Dalvarzintepa shahri qazishmalarida topilgan afsonaviy «Dalvarzin xazinasi» namoyishi bo‘ladi. 1972 yilda E. Rtveladze rahbarligidagi bir guruh arxeologlar qazishmalar paytida eramizning I asriga tegishli 36 kilogrammga yaqin og‘irlikdagi, hudud tarixida eng yirik tilla buyumlar xazinasini topdi. Hozirgi kungacha mazkur noyob xazina davlat jamg‘armalarida saqlanib, avval ko‘rgazmada sira namoyish etilmagandi.

Ko‘rgazmaning eng kamyob eksponatlari orasida – oltin pektoral (yol), Geraklning tasviri tushirilgan gemma, ko‘krak usti tilla bezaklari, hayvon tasvirli tilla ko‘krak nishoni, eramizdan avvalgi III – IV asrda Shimoliy Hindiston va O‘rta Osiyo janubi (Baqtriya, So‘g‘diyona)da keng tarqalgan kxaroshtxi yozuvi bitilgan noyob oltin chorqirra qayroqtosh va ko‘pgina boshqa buyumlar bor.

O‘zbekistonning turli muzeylaridagi Kushon davriga aloqador eksponatlari birinchi marta yagona ekspozisiyada namoyish etiladi.

Ko‘rgazma doirasida «Kushon podsholigi xazinalari» kitob-albomi va shu nomdagi hujjatli film taqdimoti ham bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 22:00 19.07.2019. O'qildi: 1523 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!